Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan tashkil etilgan “Mening farzandim – Oʻzbekiston faxri” loyihasi doirasida har yili anʼanaviy tarzda sport, sanʼat, ilm-fanda yuksak yutuqlarni qoʻlga kiritgan yoshlarning ota-onalari taqdirlanib kelinmoqda.
Joriy yil ham viloyatdagi 10 nafar ota-onalar ana shunday yuksak eʼtirofga sazovor boʻlishdi.
- Qizim yoshligidan sportga qiziqardi, — deydi yengil atletika boʻyicha koʻp karra Oʻzbekiston va Osiyo chempioni Barnoxon Sayfullayevaning onasi Nigora Toʻxtayeva. – Biz uning qiziqishlarini ragʻbatlantirib, sport bilan shugʻullanishi uchun shart-sharoit yaratib berdik, xolos. Bugun esa qizimning ortidan mana shunday eʼtiroflarga sazovor boʻlib yuribman. Barcha onalarga mana shunday baxtni tilayman.
Tadbir yakunida farzandlar kamolini koʻrish qanchalik baxt ekanligini ishtirokchilar eʼtirof etishib, barcha ota-onalarni qutlashdi.