Oʻtkazilgan reyd tadbiri davomida Shahrisabz Shahar “Toʻron“ MFY “Fargʻona“ koʻchasi 88-uyda yashovchi fuqaro (N.A) tomonidan ruxsatsiz yoʻlning muhofaza qismidan 30 sm oʻlchamdagi tut daraxtini noqonuniy ravishda kesib olganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Mjtkning 79-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 mln 375 ming soʻm jarima hamda 33 ming 750 soʻm tabiatga yetkazilgan zarar qoʻllanildi.