Qashqadaryoda Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi videoqopqonga tushib qoldi

    Yashil sayyora 10 Fevral 2025 584

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar Departamenti “Hisor“ davlat qoʻriqxonasi qoʻriqlash xodimlari tomonidan qoʻyilgan videoqopqonga ovlash taʼqiqlangan Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi muhrlandi.

    Ushbu ayiqlar Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining “Qizil roʻyxati va Oʻzbekiston Qizil kitobi”ga kiritilgan. Ular Pomir, Tyan Shan, Himolay togʻlarida yashaydi, oʻrtacha 30yil umr koʻradi va 1-2 tagacha bolalaydi. Ularning koʻrish qobiliyati yaxshi emas, ammo hid bilish, eshitish qobiliyati kuchli.

    Ushbu jonivorlarni muhofazasiga alohida eʼtibor qaratilgan boʻlib, ularni ovlagan fuqarolar va yuridik shaxslarga nisbatan MJTKning tegishli bandlariga asosan jarima jazosi qoʻllaniladi.