Oʻtgan hafta Qarshi shahrida “Volkswagen Caddy” tez yordam avtomobillarining 22 donadan iborat navbatdagi mashinalari Qashqadaryo viloyati tumanlaridagi tez yordam xizmatlari xodimlariga viloyat hokimi va keng jamoatchilik ishtirokida tantanali ravishda taqdim etildi.
Ushbu rusimdagi tez tibbiy yordam mashinalari tizimda ishlayotgan tez tibbiy yordam xodimlari ishini yanada osonlashtiradi hamda chaqiriqlarni belgilangan vaqtda amalga oshirish imkonini yaratish orqali insonlar salomatligiga oʻz vaqtida eʼtibor qaratishga zamin yaratadi.