Muzokarada, Turkiyaning tekstil, turizm, oziq-ovqat sanoati, elektrotexnika va qurilish materiallari, togʻ-kon sanoati yoʻnalishlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlari tomonidan taqdimotlar oʻtkazildi.
Shuningdek, kelgusida Qashqadaryo viloyatida Turkiyalik tadbirkorlar bilan hamkorlikda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Xususan:
Turkiya tomonidan qurilish sohasi yoʻnalishida zamonaviy eshik va romlar, panjaralar, har xil turdagi va oʻlchamdagi sifatli oyna mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha Turkiyaning “OʻzEkin” va “Royal glass” korxonalari, alyumin profi ishlab chiqarish boʻyicha “Lina Ofis” korxonasi, Dunyo boʻyicha eng hamyonbop narxlarda bayroqlar uchun ustunlar ishlab chiqaruvchi “Hosen” korxonasi bilan hamkorlikda qoʻshma loyihalarni ishga tushirish takliflari berildi.
Qashqadaryo viloyatida Turkiya bilan mebelsozlik sanoatida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan Turkiyaning “Ankaraf market ekipmanlari” korxonasiga hamkorlik taklifi berildi.
Muzokara soʻngida, Qashqadaryo viloyatining togʻli hududlarida turizm maskanlarini tashkil etish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.