Qatar fuqarolariga vizasiz rejim joriy qilinadi

    Xalqaro hamkorlik 5 Iyun 2023 1070

    “Qatar Davlati fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–86-son, 05.06.2023-y.) qabul qilindi

    Farmonga koʻra, Qatar Davlati fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.

    Fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilinadigan mamlakatlar roʻyxati bilan havola orqali toʻliq tanishish mumkin.