Uchrashuvda xorijlik mehmonlarga Oʻzbekiston turizm imkoniyatlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot beruvchi, soʻngi yillarda turizm sohasi uchun davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar aks ettirilgan taqdimot oʻtkazildi.
Ikki tomonlama muloqot davomida Qatar tomonidan Oʻzbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, yurtimizning tarixiy shaharlarida mehmonxonalar qurish, Toshkent-Samarqand yoʻnalishida tezyurar poyezdlar uchun temir yoʻl qurilishi va shu yoʻnalishda pullik avtomobil yoʻlini qurish hamda Toshkent viloyatida xalqaro umummavsumiy tematik bogʻ barpo etish loyihalari uchun investitsiya kiritish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.