“Retsept asosida va retseptsiz beriladigan dori vositalari haqida maʼlumot” xizmati orqali kerakli dori nomi kiritilgach, uning retsept bilan yoki retseptsiz berilishi haqida toʻliq maʼlumot chiqadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida taʼkidlanishicha, xizmatdan foydalanish oddiy, qulay va bepul.
Maʼlumot uchun, shu yilning 10-dekabridan Toshkent shahri va tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman (shahar)da “Elektron retsept” tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan roʻyxat asosida tegishli dori vositalari retsept bilan berilmoqda.