2021-yilning 1-avgust holatiga koʻra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 10 465 tani tashkil etib, oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 120,7 foizga oshgan.
2021-yil yanvar-iyul oylarida axborot va aloqa sohasida 1 514 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 1 496 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni boʻyicha eng koʻp ulushga ega boʻlgan hududlar:
Toshkent shahri – 540 ta;
Fargʻona viloyati – 163 ta;
Samarqand viloyati – 135 ta;
Toshkent viloyati – 99 ta.