Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2023-yilning 1-aprel holatiga faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 420 759 ta (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) boʻlib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 215 tani tashkil etgan.

Faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori koʻrsatkichlariga ega hududlar:

Toshkent shahrida – 82 237 ta
Toshkent viloyatida – 38 665 ta
Samarqand viloyatida – 37 862 ta
Fargʻona viloyatida – 36 143 ta
Qashqadaryo viloyatida – 32 688 ta
Andijon viloyatida – 27 230 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni:

Savdo sohasida – 151 761 ta

Sanoat sohasida – 74 713 ta

Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 41 426 ta

Qurilish sohasida – 34 772 ta

Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 27 785 ta