Mahsulotlar ro'yxati zararli moddalarni organizmdan chiqarib tashlash qobiliyatiga ega sabzavotlarni o'z ichiga oladi. Ularni muntazam ravishda iste'mol qilish  bilan organizmning tabiiy o'zini o'zi tozalash jarayoni boshlanadi. Sabzavotlar xavfli o'smalar va erta o'lim ehtimolini kamaytiradi.

Shifokorlar ro'yxat avvalida eng foydali mahsulotlar deya , Bryussel`, brokkoli, gulkaram, lavlagi, sholg'om va vasabini keltirishdi. Biroq, kutilgan natijaga erishish uchun kun davomida besh porsiya sabzavot iste'mol qilish lozimligini ta'kidlashdi.

Avvalroq, Evropa universiteti shifokori va rektori YUliya YUsipova qarishni “to'sib qo'yishga” yordam beradigan mahsulotlar haqida so'z yuritgandi.

Shifokorning so'zlariga ko'ra, yoshlikni uzaytirish siri insonning ovqatlanish hatti-harakati bilan bog'liq bir necha omillarda mujassam. Xususan, u mahalliy qishloq xo'jaligi mahsulotlari, iloji bo'lsa, organik mahsulotlarni tanlashni maslahat berdi. Shuningdek, oziq-ovqat tarkibida gormonlar va antibiotiklar bo'lmasligi kerak.