Qayd etilishicha, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan “Moʻjiza honeymoon” MCHJ rahbariga berilgan koʻrsatma ijrosi taʼminlanmagan va ushbu reklamalar berilishi davom etilgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan qayta qonunbuzilishga yoʻl qoʻygani uchun “Moʻjiza honeymoon” MCHJ rahbariga nisbatan maʼmuriy chora qoʻllash yuzasidan maʼlumotlar tegishli sudga yuborilib, sudning hal qiluv qarori bilan maʼmuriy javobgarlik tayinlandi.