Tadbir davomida Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 1986 y.t., muqaddam sudlangan fuqaroga qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida foydalanish uchun uzoq muddatga ijaraga berilgan yer maydoni chetida joylashgan ikkita konteyner xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, konteynerlardan quruq holatda saqlanayotgan jami 7 kg “marixuana” giyohvandlik vositasi, IJ-38 rusumli pnevmatik qurol va 12 mm kalibrli 3 dona patron ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.