Oʻzbekiston chempioni va terma jamoa aʼzosi boʻlgan R.Safarboyev Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida murabbiy Ilhom Toʻychiyev qoʻl ostida shugʻullanib keladi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatiga koʻra, hozir 9-sinfda taʼlim olayotgan chempion 11-sinfni yakunlab, mamlakatimizdagi istalgan (tibbiyot, harbiy, II akademiyasi va xorijiy OTMlardan tashqari) oliy taʼlim muassasasida davlat granti asosida oʻqish huquqiga ega boʻldi.