Ular «Tavhid va jihod katabasi» terrorchilik tashkilotining Istanbul bo‘linmasiga a’zolikda gumonlanmoqda.

Qo‘shni davlat MXDQ bergan ma’lumotga ko‘ra, M.Z. hamda M.F. Qirg‘izistonga noqonuniy yo‘llar orqali kirib kelgan va soxta hujjatlar tayyorlatib, mamlakatdan chiqib ketishni rejalashtirgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

M.Z. vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.