Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha shu yilning 26-sentyabr kuni soat 12:35 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 3-batalon YPX inspektorlari safdor D.Ubaydullayev va safdor F.Xudoyberganovlar tomonidan Amir Temur koʻchasida “Malibu” rusumli avtomobil toʻxtatilib, haydovchi, 1998-yilda tugʻilgan M.I.ning maʼlumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro tergov organlaridan yashirinib yurganligi sababli qidiruvda ekanligi maʼlum boʻldi.
Ushbu fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M.I. Yunusobod tumani IIO FMBga topshirildi.