Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 06-oktyabr kuni Yashnobod tumaniga xizmatga jalb qilingan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalon YPX inspektori kichik serjant A.Choriyev tomonidan Uysozlar koʻchasida “MAN” rusumli yuk avtomobili toʻxtatilib, haydovchi, 1980-yilda tugʻilgan J.T.ning maʼlumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 109-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib rasmiy qidiruvdaligi maʼlum boʻlgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro J.T. Yashnobod tumani IIO FMBga topshirildi.