Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Byuroning qidiruv shubasi va YHXB xodimlari hamkorlikda oʻtkazilgan qidiruv tadbirida Jizzax-Paxtakor yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan fuqaro D.О. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilgan.
Tadbir davomida D.О. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli avtotransport vositasi 28 marotaba qoida buzganligi, mazkur jarimalar oʻz vaqtida toʻlanmaganligi hamda qidiruvda boʻlganligi aniqlanib jarima maydoniga vaqtincha saqlash uchun joylashtirildi.
Hozirda haydovchidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimalarni undirish ishlari olib borilmoqda.