Bu haqda IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 15-iyul kuni soat 03:40 larda Toshkent shahar, Sergeli tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari kichik serjant B.Akromov va katta serjant S.Isroilovlar tomonidan "Changang" rusumli avtomobil toʻxtatilib, haydovchi, 1988-yilda tugʻilgan R.J.ning maʼlumotlari tekshirilganda, ushbu fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 2-qismi bilan gumonlanib qidiruvda ekanligi aniqlandi.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro R.J. Sergeli tumani IIO FMBga topshirilgan.