Qirg'iziston hukumati Sardoba suv ombori qisman o'pirilishi natijasida zarar ko'rgan aholiga insonparvarlik yordami yubordi.

Insonparvarlik yordami ortilgan poezd Qirg'iz Respublikasining O'zbekistondagi elchisi I.Junusov va Qirg'iziston Favqulodda vaziyatlar bo'yicha vazirligining vakili kuzatuvi ostida YAngier shahrining “Yangi-Yangiyer” temiryo'l stantsiyasiga etib keldi.

Bu erda delegatsiyani viloyat hokimi G'.Mirzaev boshchiligidagi mas'ullar kutib oldilar.

Mazkur insonparvarlik yordamida 1000 tonna tsement, 100 tonna guruch va 10 tonna o'simlik yog'i o'rin olgan.