Reaksiyalar turli ishlab chiqaruvchilar – Hindiston, O'zbekiston, Buyuk Britaniya, Xitoy, Misr, Turkiya, Rossiyaning preparati (seftriakson) ta'sirida yuzaga kelgan.
Beshta holatda hamshira, qo'shnining uy sharoitida dori vositalarini qo'llashi, ya'ni anamnez yig'ilmagani, laboratoriya tekshiruvlari o'tkazilmagani, tibbiyot xodimlari ko'rigidan o'tilmagani oqibatida allergik reaksiyalar yuzaga kelgan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, anafilaktik shok bilan kasallanishning ko'payish tendensiyasi yuzaga kelmoqda, bu antibakterial preparatlarni nazoratiz, mantiqsiz qo'llash oqibatida kelib chiqayotgan bo'lishi mumkin.
Sog'liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, bunday dorilarni parenteral qo'llash qat'iy shifokor nazorati ostida va faqat sog'liqni saqlash tashkilotlarining davolash xonalarida amalga oshirilishi kerak.
Ambulator sharoitida davolanayotgan bemorlarga antibiotik tabletkalarni iste'mol qilish tavsiya etiladi, deyiladi zdorovie.akipress.org saytida.