Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Zilzila Toshkent shahridan 405 kilometr janubi-sharqiy yoʻnalishda, Qirgʻiziston hududida joylashgan nuqtada yuz bergan.

Zilzila epitsentrida magnituda 4,6 ballga teng, oʻchogʻi 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Yer osti silkinishlar kuchi Andijon shahrida (epimarkazgacha 149 kilometr) 3 ballni, Fargʻona shahrida 3 ballni (epimarkazgacha 169 kilometr), Namangan shahrida 2 ballni (epimarkazgacha 208 kilometr) tashkil etgan.