Bugungi kunda respublikamizda sabzavot ekinlarini saqlashga moʻljallangan 4 400 dan ortiq umumiy sigʻimi 1,5 million tonna boʻlgan omborxonalar mavjud.

Respublikamizda 2022-2023-yil qish mavsumiga 583 ming tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxira qilish rejalashtirilgan boʻlib, amalda 640 ming tonna zaxira qilingan. Jumladan, asosiy sabzavot ekinlari:

291 ming tonna  kartoshka zaxira qilish rejalashtirilgan, amalda 297 ming tonna;

74,5 ming tonna piyoz zaxira qilish rejalashtirilgan, amalda 93,2 ming tonna (ayni kunda hududlarda zaxira miqdori 87 ming tonna va aholi xonadonlarida 232 ming tonna, jami 319 ming tonna piyoz mahsuloti borligi viloyatlar tomonidan tasdiqlanmoqda).

138,4 ming tonna sabzi zaxira qilish rejalashtirilgan, amalda 159 ming tonna.

Qish mavsumiga zaxira qilingan sabzavotlarni saqlashda oʻziga xos meʼyor va talablar mavjud. Zaxiradagi sabzavot mahsulotlari faol shamollatish va muzlatgichli statsionar omborlarda hamda aholi xonadonlarida mavsumiy omborxonalarda saqlanadi. Ana shu yoʻl bilan aholini sabzavotga boʻlgan ehtiyojini yil davomida qondirish imkoniyati yaratiladi.

Sabzavotlarni isteʼmol qilinmaguncha yoʻqotishlarni kamaytirish va sifatini saqlab qolish uchun oqilona boshqaruv sabzavot saqlash uchun muzlatkich uskunalardan (kameralar va boshqa qurilmalar) foydalanish asoslidir.

Sabzavotlarni saqlashga quyiladigan talablar

Har bir oziq-ovqat mahsuloti texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga — sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normativlari (SanQvaN), davlat standarti (GOST), tashkilot standartiga asosan saqlanishining muayyan talablari belgilangan.

Yaʼni, har bir mahsulot qoida va meʼyorlarda belgilangan maʼlum harorat va havoning nisbiy namligida saqlanishi lozim.

Saqlash rejimi quyidagi muhim omillarni oʻz ichiga oladi: harorat, havo namligi, havo almashinuvi, gaz muhiti va yorugʻlik tarkibi.

Sabzavot mahsulotlarni saqlash jarayonida belgilangan havo haroratidan pasayib ketishi mahsulotlarning muzlab qolishiga sabab boʻladi.

Quyida asosiy sabzavotlarni omborxonalarda saqlashda havo haroratiga qoʻyilgan talablari keltirilgan:

piyoz — faol shamollatish va muzlatgichli statsionar omborlarda hamda aholi honadonlarida mavsumiy omborxonalarda saqlanadi. Bunda havo harorati -1 dan -3 darajagacha haroratda va nisbiy namlik 80-90 foizgacha saqlanadi.

Sovutkichlar boʻlmasa, qishi barqaror boʻlgan hududlarda piyoz sovuq-issiq usulda tabiiy yoki faol ventilyatsiyasi boʻlgan, haroratni 18-25 daraja oraligʻida va havo namligini 50-70 foiz ushlab turadigan omborlarda saqlanadi.

Kuzda va bahorda, qishda esa mos ravishda -1 dan -3 darajagacha va 80-90 foizgacha. Qishi iliq boʻlgan joylarda, muzlatgichlar yoʻq boʻlganda, 18-25 daraja haroratni va nisbiy havo namligini 50-70 foiz ushlab turadigan piyoz toʻplamlari saqlash usullari qoʻllaniladi.

Sovutkichlar boʻlmasa, qishi barqaror boʻlgan hududlarda piyoz sovuq-issiq usulda tabiiy yoki faol ventilyatsiyasi boʻlgan, haroratni 18-25 daraja oraligʻida va havo namligini 50-70 foiz ushlab turadigan omborlarda saqlanadi.

Kuzda va bahorda, qishda esa mos ravishda -1 dan -3 darajagacha va 80-90 gacha. Qishi iliq boʻlgan joylarda, muzlatgichlar yoʻq boʻlganda, 18-25 daraja haroratni va nisbiy havo namligini 50-70 foiz ushlab turadigan piyoz toʻplamlari saqlash usullari qoʻllaniladi.

Olimlarimizning taʼkidlashlaricha, saqlash paytida piyoz muzlab qolsa keyinchalik oʻz holiga keladi, deyishadi. Muzlash darajasi -3° daraja oshmagan holda piyoz qavatidagi toʻqima suvlari, muzlagan toʻqima devorlari zararlanmaydi va oʻz holiga keladi.

kartoshka — faol shamollatish va muzlatkichli statsionar omborlarda hamda aholi honadonlarida mavsumiy omborxonalarda saqlanadi.

Sovutkichli omborlarda 2,5 dan 4 darajagacha haroratda va nisbiy namlik 80-90 foizgacha saqlanadi.

Sovutkichlar boʻlmasa, qishi iliq boʻlgan joylarda, muzlatkichlar yoʻq boʻlganda, 8-10 daraja haroratni va nisbiy havo namligini 80-90 foiz ushlab turadigan joylarda saqlanadi. Saqlash jarayonida havo harorati  pasayib ketgan paytlarda istisno tariqasida + 1° darajada,  lekin 0° darajadan past boʻlmagan haroratda saqlash tavsiya etiladi.  Bundan past boʻlishi mahsulotning keskin muzlashiga olib keladi.

Sabzi, turp, sholgʻom, osh lavlagi -0,5 dan +1 darajagacha boʻlgan tebranishlar bilan 0 daraja haroratda, lavlagi – 1-2 darajada, lekin 0 darajadan past boʻlmagan haroratda saqlash tavsiya etiladi. Faol shamollatish bilan jihozlangan omborlarda haroratni imkon qadar tezroq optimallashtirish kerak.

Ildizmevali ekinlari 95-98 foiz oraligʻida havo namligining optimal sharoitida yigʻib olingandan soʻng darhol sovuq kameralarga saqlash uchun joylanadi. 0 darajadan harorat past boʻlishi mahsulotning keskin muzlashiga olib keladi;

karam — faol shamollatish va muzlatkichli statsionar omborlarda saqlash muddati nav yoki duragayning saqlash sifatiga qarab 1-3 oyni tashkil qiladi. (qisqa muddatli), 4-5 oy, 5-6 oy, yoki 7-8 oy (uzoq).

Oziq-ovqat karamning zich bargli navlarini saqlash paytida havo harorati -1 dan 0 darajagacha, past boʻyli navlar – 1,5 dan 0,5 darajagacha, nisbiy, havo namligi – 90-98 foiz ichida.

Eslatma: shu kunlarda piyoz masalasida juda koʻp savollar berilayotgani bor gap. Masalaga qishloq xoʻjaligi vazirligi mutasaddilari atroflicha javob berib kelyapdilar. Shu oʻrinda, bir jihatga eʼtibor qaratish lozim. Maxsus omborxona va muzlatkichlarda saqlanayotgan piyozlarni muzlashi bilan bogʻliq gaplar asosga ega emas.

Bu yerlarda havo harorati moʻtadil va oʻrnatilgan talablar doirasida boʻladi. Zaxira mana shu mahsulotlardan kelib chiqib belgilanadi va statistik maʼlumotga kiritiladi. Ammo, mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi tarmogʻida tadbirkorlar ham aynan mana shu  mahsulotni yetishtirib, saqlash bilan shugʻullanganlar.

Odatda, ular koʻpincha ochiq havo va moslanmagan yerlarda piyozni saqlashadi. Tabiiyki, anomal sovuq oʻz navbatida, ushbu mahsulotlarga taʼsir qilgan. Natijada, ana shu ochiq havo ostida qolib ketganlarigina muzlagan. Ayni kunda ularni joyidan jildirish mumkin emas.

Boisi, piyoz birdaniga havo haroratining oʻzgarishiga juda taʼsirli. Bu esa mahsulotni isteʼmolga yaroqsiz holga keltiradi. Galdagi vazifa ushbu ochiq havoda saqlangan mahsulotlarni tabiiy yoʻl bilan erishini kutish va shundan keyingina yaroqliliga qarab isteʼmol maqsadlariga yoʻnaltirish choralarini koʻrish mumkin.