AQSH Milliy allergiya va yuqumli kasalliklar instituti direktori Entoni Faucining barchani jiddiy ogohlantirmoqda. Unga koʻra, kelayotgan qishda koronavirusning yangi, yanada xavfli shtammi paydo boʻlishi mumkin. “Biz infeksiyadan yoki emlashdan orttirgan immunitetimizni yenga oladigan boshqa shtamm paydo boʻlishini taxmin qilishimiz kerak”, dedi Fauci.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, kasalxonaga yotqizish va oʻlim kabi pandemiya tendensiyalari hozirda butun mamlakat boʻylab pasaymoqda. Masalan, hozirda AQSHda COVID oʻlimining bir haftalik oʻrtacha koʻrsatkichi 323 ni tashkil qiladi. Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlariga koʻra, bu fevral va mart oylarida mamlakatda kuzatilgan 1000 dan 2500 gacha boʻlgan koʻrsatkichdan ancha past.
Ammo Fauci barchani ehtiyotkor boʻlishga chaqirdi. Chunki qishda har doim infeksiyalarning koʻpayish xavfi mavjud. “Biz toʻgʻri yoʻlda ketayotganga oʻxshaymiz. Ammo «Pandemiyani butunlay tugadi” deyishimiz haqiqatga toʻgʻri kelmasligi mumkin», deb qoʻshimcha qildi u.
Fauci 2021-yilning yoziga ishora qildi. Oʻshanda AQSH ham xuddi shunday past pandemiya tendensiyalarini boshdan kechirgan. Ammo omikron varianti paydo boʻlgan va oʻtgan qishda koronavirus yuqtirish holati rekord darajada oʻsgan. Oʻshandan beri omikronning bir nechta subshtammlari paydo boʻlib, AQSHda dominant boʻlib qoldi.
Bu qishda yana bir yangi, yanada yuqumli variant paydo boʻlsa, “hayron qolmasligimiz kerak”, dedi Fauci. Yangi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, baʼzi yangi subshtammlar, shu jumladan BA.4.6 immunitetdan BA.5ga qaraganda samaraliroq qochganga oʻxshaydi.
Bu buster dozani olish muhim ekanligiga ishora , dedi Fauci. Bu 12 va undan katta yoshdagi barchaga taalluqli.
Maʼlumot uchun, 10-oktyabr holatiga mamlakatimizda buster doza bilan emlanganlar 20 016 400 nafarni tashkil qildi.