Qishki taʼtil vaqtida oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb etish taqiqlandi

    Ta'lim 6 Yanvar 2023 3304

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻzining rasmiy sahifasida taʼlim muassasalarida uzaytirilgan qishki taʼtil vaqtida toʻgaraklar faoliyati olib borilmasligini maʼlum qildi.

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qishki taʼtil davrida umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar uchun toʻgaraklar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berilmaganligini maʼlum qiladi.

    Vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlari — Bolalar kutubxonasi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan barcha loyihalar onlayn tarzda tashkil etilmoqda.

    Hukumatining tegishli yigʻilish bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishqi taʼtil davomida oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida kitob mutolaasini oshirishga qaratilgan onlayn intelektual viktorinalar, radio eshittirishlar hamda telekoʻrsatuvlar namoyish etilishi koʻzda tutilgan.

    Shu oʻrinda vazirlik hududiy boʻlinmalari hamda vazirlik tarkibidagi barcha taʼlim muassasalari rahbarlaridan qishgi taʼtil kunlari oʻquvchilar ishtirokida turli toʻgaraklar tashkil etilmasligini shaxsiy nazoratga olishlari soʻraldi.