Loyihada Oʻzbekistonning Andijon, Fargʻona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining 300 dan ortiq qishloqlari ishtirok etib, mazkur aholi punktlarida asosiy ijtimoiy infratuzilma sifatini yaxshilash uchun mablagʻ olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Loyiha Jahon Banki va Osiyo Infratuzilma Investitsiyalari Banki (OIIB) moliyaviy koʻmagida amalga oshirilib, Jahon Banki 100 mln AQSH dollari va Osiyo Infratuzilma Investitsiyalari Banki 82 mln AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻi ajratganlar. Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mazkur maqsadda 1,6 mln AQSH dollari ajratilgan boʻlib, loyihaning jami qiymati 183,6 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Loyiha qishloq aholisining asosiy infratuzilma sifatini oshirish va loyiha qamragan qishloq hayotiy faoliyatini taʼminlovchi xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan. Shuningdek, loyiha mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish tizimiga yordam berib, qishloq aholisini oʻz mahalla infratuzilmasida koʻrsatilgan xizmatlarga boʻlgan asosiy ehtiyojlarni baxolashga hamda ularni yana-da rivojlantirish boʻyicha qarorlarni qabul qilish jarayoniga jalb qilish orqali mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish tizimini takomillashtirishga koʻmak beradi.

Jumladan, loyihaga koʻra oʻz aholi punktlarida quyidagi tadbirlar amaliyoti uchun mablagʻ qoʻlga kiritishlari mumkin (infrastruktura subloyihalari):

(i) qishloq ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlariga innovatsion alternativ modellar kiritish orqali ulardan foydalanishni kengaytirish uchun mavjud ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini tiklash; (ii) energiya samaradorligini oshirish uchun jamoat binolarini modernizatsiyalash; (iii) ijtimoiy infratuzilmani tiklash; (iv) uchinchi darajali yoʻllar, koʻchalarni va piyodalar uchun yoʻllarni tiklash; (v) yoʻllarni drenajlash (quritish) va qishloq yoʻllarining toshqinga chidamliligini oshirish; (vi) koʻpriklarni tiklash va qurish (uzunligi 10 metrgacha); (vii) koʻchalarni yoritish tizimini modernizatsiyalash; (viii) jamoat joylarini takomillashtirish; (ix) qattiq chiqindilarni utilizatsiya qilish tizimlari; (x) jamoat obyektlarini kichik miqyosda qurish; (xi) simsiz Internet xizmatlari bilan taʼminlash uchun antennalarni oʻrnatish; (xii) avtobus turargohlari va bekatlarini qurish va tiklash; hamda (xiii) energiya taʼminoti boʻyicha chora-tadbirlar.

Loyiha beshta asosiy tamoyilga asoslanadi:

  • Mahalliy aholi tomonidan qarorlar qabul qilish. Loyixa jamoatchilik tomonidan birga olib boriladigan va inklyuziv ijtimoiy tahlil asosida aniqlangan, ustuvor deb belgilangan, jamoatchilikning rivojlanish ehtiyojlarini aniqlaydigan va barcha manfaatdor tomonlar foydalana oladigan Qishloq Taraqqiyoti Rejasi koʻrinishida taqdim etiladigan subloyihalarni moliyalashtiradi.
  • Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish salohiyatini oshirish. Loyixa barcha istiqomat qiluvchi aholini, shu jumladan erkaklar va ayollar, yoshlar, kam taʼminlanganlar va himoyaga muhtojlarga ovoz beruvchi va ularning vakili sifatida foaliyat koʻrsatuvchi inklyuziv Mahallani taraqqiyot guruhlarini yaratishni qoʻllab-quvvatlaydi. Erkak va ayollarning salohiyatini turli sohalarda, shu jumladan, birga olib boriladigan va inklyuziv yigʻilishlar va qarorlar qabul qilish jarayonlarida, jamoatchilikning kundalik rivojlanish tadbirlarini boshqarishda oshiradi. Shuningdek, loyixa xizmatlar va resurslarga yoʻl ochib berishni yaxshilash uchun Maxalla taraqqiyot guruxlarni boshqa hukumat va nodavlat tashkilotlari bilan bogʻlashga yordam beradi.
  • Gender tenglikni taʼminlash. (i) ovoz berish va qishloq miqyosidagi qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishda maxalla taraqqiyot guruxlarni aʼzolarining 50% ayollar ekanligiga ishonch hosil qilish va ayollar (shu jumladan yosh ayollar) loyihani rejalashtirish va qarorlarni qabul qilish yigʻilishlarida qatnashish imkoniyatiga egaligini taʼminlash uchun jamoatchilik bilan aloqa oʻrnatish orqali; va (ii) ayollarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan subloyihalar orqali xizmatlardan foydalanishda gender kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
  • Shaffoflik va javobgarlikka amal qilish. Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyixasi chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida oshkoralik va hisobdorlikning toʻgʻriligini taʼminlash uchun turli tadbirlarni, shu jumladan milliy, viloyat, tuman va qishloq darajasidagi tanishtiruv va kengaytirilgan uchrashuvlarni; Loyixa veb-sayti orqali olish mumkin boʻlgan loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni; subloyiha xaridlari va uni amalga oshirish ishlarini jamoaviy monitoring qilishni; loyihani amalga oshirish sifati haqidagi jamoatchilikning tasavvurlarini aniqlash uchun ijtimoiy auditdan foydalanishni; barcha manfaatdor tomonlar foydalana oladigan shikoyatlarni koʻrib chiqish mexanizmini qoʻllab-quvvatlaydi.
  • Mahalliy jamoalarda ijtimoiy va ekologik barqarorlik. Qishloq joylarda turmush darajasini oshirish maqsadiga muvofiq, Qishloq Infratuzilmasini Rivojlantirish loyixasi qishloq aholisi uchun ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy foyda keltiradigan investitsiyalar va tadbirlarni moliyalashtiradi. Doimiy joy almashtirishni nazarda tutuvchi, majburiy koʻchishni talab qiladigan, aholining daromadi yoki turmush tarziga salbiy taʼsir koʻrsatadigan, bolalar va majburiy mehnatga sabab boʻladigan yoki atrof-muhitga katta hajmda va tuzatib boʻlmaydigan darajada taʼsir koʻrsatadigan faoliyatlar qoʻllab-quvvatlanmaydi. Loyixa mahalliy idoralar va jamoatchilik uchun ijtimoiy va ekologik xavfsizlikka oid milliy qonunlar va qoidalar hamda atrof-muhit va ijtimoiy xavfsizlik siyosati va tegishli jarayonlar boʻyicha Jahon Bankining standartlari boʻyicha maʼlumotlarni oshirish choralarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Loyihadagi foydalanish qoʻllanmasida belgilangan qishloqlarni tanlash jarayonidan soʻng 306 ga yaqin qishloqlar ishtirok etish uchun tanlanadi. Mablagʻlar qatnashuvchi tuman va qishloqlarga qishloq aholisi bilan bogʻlangan oddiy formulaga muvofiq ajratiladi. Qishloqlarni rivojlantirish rejasida belgilangan koʻplab sarmoyalarni moliyalashtirish uchun qishloq miqyosida ajratiladigan mablagʻ aholi jon boshiga 160 AQSH dollar atrofidagi miqdorda belgilandi. Qishloq fasilitator va muhandislari mahallalarni rivojlantirish boʻlimlari va tuman loyiha qoʻmitalariga texnik yordam, oʻqitish va salohiyatini oshirish bilan shugʻullanadilar. Loyiha doirasida Jahon bankining qatʼiy ekologik va ijtimoiy tamoyillari qoʻllaniladi. Ular infratuzilma loyihalar doirasidagi faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarning mehnat huquqlarini taʼminlash, shuningdek, mahalliy aholining xususiy mulk huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Sarmoyadan 330 mingdan ortiq, shu jumladan, yarmi ayollarni oʻz ichiga olgan qishloq aholisi manfaat koʻrishi kutilmoqda.

Tegishli maʼmuriy va texnik xodimlar qishloq aholisiga infratuzilma sub-loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirishda yordam berishadi. Malakali mahalliy va xalqaro NNTlar ham loyihaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda ishtirok etishlari mumkin. Loyihada Jahon bankining qatʼiy ekologik va ijtimoiy standartlari qoʻllaniladi. Ular infratuzilma kichik loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarning mehnat huquqlarini taʼminlashga, shuningdek, mahalliy aholining xususiy mulk huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati