Mamlakatimizning tog‘ oldi hududlarida bahor-yoz faslida momaqaldiroqli va do‘l jarayonli kunlarning ko‘p bo‘lish ehtimoli bor. Bu esa, qishloq xo‘jaligi ekinlarining do‘l urishiga olib keladi. Mazkur xizmat faoliyati gidrometeorologik jarayonlarga tasir ko‘rsatib, aynan qishloq xo‘jaligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararning oldini olishga qaratilgan.
Shu maqsadda, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi va unga yondosh hududlaridagi belgilangan himoya zonalarida aprel oyining boshidan avgust oyining ohirigacha bo‘lgan davr oralig‘ida qishloq xo‘jaligi ekinlarini do‘l urishidan himoya qilish bo‘yicha ta’sir ko‘rsatish ishlari o‘tkaziladi.