Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-mart oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklari boʻyicha mahsulotlar yetishtirishda yetakchi hududlar:
Surxondaryoda eng koʻp sabzavotlar yetishtirilgan (19,3 ming tonna);
Toshkent viloyatida eng koʻp goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan (69,0 ming tonna);
Samarqand viloyatida eng koʻp – 273,2 ming tonna sut tayyorlangan;
Samarqand viloyatida eng koʻp – 243,7 million dona tuxum olingan;
Toshkent viloyatida eng koʻp – 2,6 ming tonna baliq ovlangan;
Qashqadaryoda 1 596,4 ming bosh yirik shoxli qoramollar mavjud;
Qashqadaryoda 4 690,7 ming bosh qoʻy va echkilar mavjud;
Toshkent viloyatida eng koʻp – 15 171,9 ming bosh parrandalar mavjud;
Toshkent viloyatida eng koʻp – 53,0 ming bosh otlar mavjud.