Korxonada bugungi kunda 200 turdan ortiq plastik quvurlar ishlab chiqarilyapti. Yillik mahsulot ishlab chiqarish xajmi 750 ming tonnani tashkil etib, quvurlar xorijiy davlatlarga eksport qilish bilan birga mahalliy xaridorlarga ham yetkazib berilyapti.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildoriligining pasayishi suv taqchilligi muammosi bilan bevosita bogʻliq. Shu munosabat bilan sugʻorish tizimida tejamkor texnologiyalarni joriy etish, obi-hayot behuda isrof boʻlishining oldini oladi.

Tumanda 21 ming 697 gektar sugʻoriladigan yer maydonlari boʻlib, yillik suv sarfi 160,2 million metr/kubni tashkil etadi. 2021-yilda zamonaviy sugʻorish texnologiyalarini joriy etish orqali 40 million metr/kub suvni tejash rejalashtirilgan, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Demak, tomchilatib sugʻorishga moʻljallangan plastmassa trubalar ishlab chiqaradigan “YUSHEN PLASTIC” MCHJning tumanda faoliyat yuritishi Piskentlik dehqonlar uchun ayni muddao ekan.