Tadbirni tuman hokimi Shuhratjon Tojihakimov kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi shoir Bobur Bobomurod, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosari Qobiljon Qirgʻizaliyev, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish boʻlimi mudiri oʻrinbosari Aʼzamjon Abdullayev, Fargʻona viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Erkinjon Nuraliyev, “Ahmad Fargʻoniy” nomidagi Fargʻona viloyati Axborot-kutubxona markazi xodimlari, Dangʻara tuman Xalq talim boʻlimi, MFY raislari va kutubxonaning eng faol kitobxonlari ishtirok etdi.
Tadbirda 27-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi doirachilari, orkestri va tuman Madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar ijro etildi.
- Mazkur tadbirda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi rais oʻrinbosari Qobiljon Qirgʻizaliyev tumanimizdagi uch nafar kam taʼminlangan ayollarga tikuv mashinalari hamda Axborot-kutubxona markaziga 100 donaga yaqin yangi kitoblar sovgʻa qildi. Shoirlar Bobur Bobomurod, Bahodir Iso, Nosir Zohid va Sharif Qulmuhammadlar oʻzlarining qalamiga mansub ijod namunalaridan oʻqib berdi. Tadbir davomida Axborot-kutubxona markazining rasmiy kanallarida oʻtkazilgan onlayn tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan “Kitobxon ota”, “Kitobxon ona”, “Eng yosh kitobxon” va “Yosh hikoyachi” nominatsiyalari boʻyicha kitobxonlar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi. “Qishloqda ulgʻaygan yosh hikoyachilarning ijod namunalari menda katta taassurot qoldirdi, -deydi shoir Bobur Bobomurod oʻtkazilgan davra suhbatida.
Shuningdek, mazkur maʼnaviy va maʼrifiy tadbirda Naymancha Madaniyat markazining “Bahor” ansambli aʼzolari tomonidan ijro etilgan raqslar barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Shohistaxon NURMATOVA,
“Ahmad Fargʻoniy” nomidagi Fargʻona viloyati
Axborot-kutubxona markazi xodimi