Navoiy viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo'yicha inspeksiyasi hamda Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo'limi xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor reyd tadbiri o'tkazildi.

Reyd davomida Navbahor tumanida yashovchi fuqaro B.J. tomonidan tumandagi “O'zbekiston” MFY hududida noqonuniy ravishda 2 dona O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Zarafshon qirg'ovuli ovlanganligi aniqlandi. 

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 94-moddasi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli hujjatlar ma'muriy sud organlariga yuborildi. Shunga ko'ra, 5 million 400 ming so'm tabiatga etkazilgan zarar belgilandi. 

Yurtimizda bu kabi holatlar yana ko'paymoqda. Agar siz ham bu kabi holatga duch kelsangiz, albatta bizga xabar bering!