Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va Toshkent shahar boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Toshkent shahrining Uchtepa tumani, Shirin koʻchasida tezkor reyd tadbiri oʻtkazildi.

Reyd tadbiri davomida fuqaro A.Sh. va M.A. lar tomonidan Qizil kitobga kiritilgan 1 dona Lochin qushini tegishli ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda sotilayotganligi holati aniqlandi.

Ushbu holatda huquqbuzarlar Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 90-moddasida belgilangan huquqbuzarlikni sodir etgan.

Lochin qushi qonuniy toʻxtamga kelingunga qadar vaqtinchalik Toshkent hayvonona bogʻiga topshirildi.

Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tumani sudiga taqdim etish uchun tayyorlanayotgani maʼlum qilinadi.