Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot uchun, “Qizilqum” davlat qoʻriqxonasi 1971-yil 23-iyunda Xorazm va Buxoro viloyatlari hududida tashkil qilingan. Hududda 359 tur hayvonot dunyosi mavjud boʻlib, 37 turi sut emizuvchilar, 266 turi qushlar, 29 turi sudralib yuruvchilar, 2 turi suvda va quruqlikda yashovchilar, 25 turi esa baliqlar sinfiga mansub boʻlgan jonzotlardir. Bulardan 50 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.