баннер
26 Apr 2025
03:59

    Qoidabuzarliklar haqida xabar beruvchi “Road 24” ilovasi faoliyati toʻxtatildi

    Avtomobillar bilan bogʻliq qoidabuzarliklar haqida xabar beruvchi“Road 24” ilovasi oʻrniga qulay va mukammalroq boʻlgan boshqa ilova ishlab chiqildi.

    YHXX axborot xizmati boshligʻi Zoyir Yoʻldoshovning maʼlum qilishicha, “Road 24” va YHXX oʻrtasidagi yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi batamom toʻxtatilgan.

    Shuningdek, endilikda haydovchilardan “Safe Road YHXX” ilovasini yuklab olish orqali shaxsiy avtomobili haqidagi maʼlumotlarni bilib borishlari mumkinligi ham eslatib oʻtilgan.

    Hurmatli haydovchilar, “Road 24” mobil ilovasi bilan hamkorlik yakuniga yetganligi bois, qoʻl telefoningizdagi “Ap Store” yoki “Play market” orqali DYHXXning 2Safe Road YHXX” ilovasini yuklab, roʻyxatdan oʻtib olishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz, — deyiladi xabarda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech