Qoʻlbola usulda alkogolli mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sexlar fosh etildi

    Xavfsizlik 2 Iyul 2022 2650

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Denov tuman boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Maʼlum boʻlishicha, “Obodon” MFYda yashovchi 6 nafar fuqaro oʻz uylarida etil spirtidan alkogol mahsulotlari ishlab chiqargan.

    Xonadonlardan 3 240 dona qoʻlbola usulda tayyorlangan “Denov” nomli alkogol mahsuloti, 2 784 litr spirt, 6 254 dona qalbaki aksiz marka, 5 562 dona qopqoq, 1 150 dona “Denov” yorligʻi tushirilgan yorliq, 948 dona boʻsh idish, 1 toʻplam kompyuter, rangli printer va boshqa tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (alkagol mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Denov tuman boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.