Qon quyuqlashishiga sovqotish, qattiq asabiylashish, qandli diabet, shirinliklar, kartoshka, banan, tuxum, gazli ichimliklar, fast-fud va turli qovurma taomlar sabab bo'ladi. Bu holat kam suyuqlik ichish, havo harorati ko'tarilishi yoki keskin pasayishi va organizmdagi ayrim o'zgarishlar tufayli ham yuzaga keladi.

Natijada bosh og'rig'i, jizzakilik, tushkunlik, xotira pasayishi, holsizlik, uyquchanlik, qo'l va oyoqlar sovqotishi, og'iz qurishi kuzatiladi. 

Yurak tez urishi, nafas qisishi, tananing turli qismlarida ko'karishlar paydo bo'lishi, tirnoq shakli o'zgarishi mumkin. Miyaga qon yaxshi etib bormasa, bosh aylanishi, hushdan ketish ehtimoli ham mavjud. Bu tomirlarda qon aylanishining buzilishi va trombozlar hosil bo'lganidan darak beradi. Oqibatda insul`t va infarkt xavfi ortadi.

Biroq qonni suyultiruvchi dori vositalarini o'zboshimchalik bilan qabul qilish mumkin emas. Uning  haddan ortiq suyuqlashishi jarohatlarda qon to'xtamay qolishiga olib keladi.