Qonunbuzilish holatlari sabab 51 ta tanlov jarayoni toʻxtatildi

    430 nafar xodimning mehnatiga haq toʻlashga oid buzilgan huquqlari tiklandi.

    Davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilishda qonunbuzilish holatlari sabab 51 ta tanlov jarayoni toʻxtatildi

    Davlat xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish va ular uchun shart-sharoitlar yaratish masalasida kompleks oʻrganishlar va 558 marotaba monitoring oʻtkazilgan. Oʻrganish natijalari boʻyicha 3 ming 828 qonunbuzilish aniqlanib, 492 taqdimnoma, 475 ogohlantirish xati kiritildi hamda 31 nafar aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan vakolatli organlarga taklif berilgan.

    Koʻrilgan choralar natijasida 430 nafar xodimning mehnatiga haq toʻlashga oid buzilgan huquqlari tiklandi, 66 noqonuniy buyruq (ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi) bekor qilindi. 24 nafar aybdor shaxs maʼmuriy jarimaga tortildi, qonunbuzilish holatlari sabab 51 ta tanlov jarayoni toʻxtatilgan. Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (ARGOS) axborot xizmati maʼlum qildi.