Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyalari roʻyxatga olindi

    Ushbu masalalar ochiq ovoz berish yoʻli bilan tasdiqlandi.

    Toshkent shahrida yangi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy majlisi oʻz ishini davom ettirmoqda.

    Majlisda Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalarning fraksiyalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

    Majlis kotibiyatiga tegishli tartibda tuzilgan Qonunchilik palatasidagi 5 ta siyosiy partiya fraksiyasining rahbarlari tomonidan fraksiyalar tuzilganligi toʻgʻrisida taʼsis bayonnomalari topshirilib, ularni roʻyxatga olish haqida murojaat etildi.

    Jumladan:

    • 63 nafar deputatdan iborat Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasini,
    • 28 nafar deputatdan iborat Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining fraksiyasini,
    • 21 nafar deputatdan iborat Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasini,
    • 19 nafar deputatdan iborat Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasini,
    • 16 nafar deputatdan iborat Oʻzbekiston Ekologik partiyasining fraksiyasini, roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi ovozga qoʻyildi.

    Ochiq ovoz berish yoʻli bilan ushbu masalalar tasdiqlandi.

    Shuningdek, majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalarini tuzish toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.