“Qoʻqon mexanika zavodi” AJ qoshida tashkil etilgan Kasbga oʻqitish innovatsion markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirok etdi.
Oʻquv markazida metallga mexanik ishlov berish, payvandlash ishi, elektromontajchi kasblari boʻyicha taʼlim jahon standartlariga javob beradigan oʻquv dasturlari asosida olib boriladi.
Mashinasozlik detallarini loyihalashtirish, maxsus dasturlar yordamida chizmalarni va tayyorlanish texnologiyasini ishlab chiqish hamda raqamli boshqaruvdagi dastgohlarda ushbu detallarni tayyorlash jarayoni oʻrgatiladi.