“O'zbekiston fiziklar kengashi”ning raisi, taniqli olim Qodir G'ulomov hamda professor, O'zR.FA akademigi Komil Muqimovlar Qorako'l tumanidagi Akademik litseyiga tashrif buyurishdi. “Uch avlod uchrashuvi” doirasida tashkillashtirilgan ushbu tashrif maktab jamoasi uchun haqiqiy bayramga aylandi.
Mehmonlar o'qituvchi hamda o'quvchilarga o'zlarining ilm yo'llari, hayotlarida sodir bo'lgan ibratli va yorqin xotiralaridan so'zlab berishdi. Ilmning qiymati, adabiyot hamda aniq-fanlar haqidagi mulohazalari bilan o'quvchilarning ilm-fanga qiziqishlarini oshirishdi.