Bugun, Buxoro viloyatining Qorako'l tumanida yangi spektakl` tomoshabinlar hukmiga havola etildi.  O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Jamol Nosirov  hamda Qorako'l tuman hokimi SHerali Salomov Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatri qoshidagi Qorako'l xalq teatrining ochilish marosimida ishtirok etdi. Qo'chqor Norqobil asari asosida sahnalashtirilgan "Har narsaning javobi bor" spektakl`  barchaga xush kayfiyat bag'ishladi.

Spektakl`ning ilk tomoshasiga, Muqimiy teatrining aktyor va aktrisalari ham Toshkentdan etib kelishdi. “Hayajonlarimiz cheksiz”- deydi poytaxtlik aktyorlar. -Xuddi oilamizda yangi chaqaloq tug'ilgandek quvonyapmiz, ularning chiqishlari  barchamizga manzur bo'ldi.  Qorako'llik hamkasblarimizdan umidimiz katta. Ular ham o'z iqtidorini nafaqat markaziy teatrlarda, balki jahon sahnalarida ham namoyish etishini istaymiz.