O‘rganishlar natijasida “Ford tranzit” avtotransport vositasiga yuklangan mazkur yog‘och eshiklar O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketilishi man etilgan madaniy boyliklar sarasiga kiritilganligi maʼlum bo‘ldi.
O‘zbekiston noyob meʼmorchilik tarixiy va madaniy boyliklari asori atiqalarga boy, shunga ko‘ra bunday boyliklarni mamlakat hududidan olib chiqish va olib kirish amaliyoti ham tartibga solingan. Xususan, “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan nizomda 50 yil muqaddam va undan oldin yaratilgan madaniy boyliklar O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilmasligi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, qonunda madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasiga etnografik obyektlar, o‘yma naqshlar, shtamplar, amaliy dekorativ sanʼat asarlari; shisha, loy, yog‘och, metall, suyak, mato va boshqa materiallardan ishlangan badiiy buyumlar ham kirishi belgilangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniy meros boshqarmasi badiiy ekspertiza bo‘limi tomonidan sanʼatshunoslik ekspertiza xulosasiga ko‘ra bu o‘yma naqshli eshiklar Buxoro va Xiva ustalari tomonidan XIX asrda ubayda usulida ishlangan va hozirgi kunda tarixiy va muzey ahamiyatiga ega madaniy boylik hisoblanadi. Hozirda ushbu madaniy meros Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyiga topshirilgan.
Yuqorida aniqlangan huquqbuzarlik holati yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.