Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
A.Reimbayev 2000-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi agromuhandis.
Mehnat faoliyati davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Apparati tashkiliy-nazorat boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, “Paxtaarna-Nayman” irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
2020-yildan hozirgi kungacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali rahbarining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.