Muhtaram Vatandoshlar!
Mamlakatimiz obodligi, ko'chalarimiz ko'rki, xonadonlarimiz fayzini oshirish, unda keng jamoatchilik ishtirokini ta'minlash bo'yicha joriy yilning iyun`-avgust oylarini ruhan poklik, ma'nan etuklik, fikran yangilanishga intilish davri
deb ta'riflash mumkin.
Bugun yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, xalqimizning yuksalib borayotgan turmush darajasi, shahar va qishloqlarimizning ko'rkam qiyofasi, odamlar ongu-tafakkuridagi o'zgarishlar, umuman, hayotimizning barcha jabhalaridagi taraqqiyot yurtdoshlarimizning Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlarga, jonajon Vatanimizning kelajagiga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.
Xususan, so'nggi yillarda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlarining hayotimizga keng tatbiq etilishi natijasida aholi maskanlarining ko'rinishi butkul o'zgarib, odamlarimiz turmush tarzi, oilalarda to'kin-sochinlik yanada ortib bormoqda.
SHuni unutmaylikki, osuda va farovon turmush tarzini chetdan kelib bizga hech kim yaratib bermaydi. Uni o'zimiz,
o'z mehnatimiz natijasida bunyod etsak, aniqroq aytganda,
har birimiz o'z mahallamiz, ko'cha va xonadonlarimizning saranjom va fayzli bo'lishi uchun hissamizni qo'shsak, bu go'shalar chinakam obod maskanlarga aylanadi.
erta saharda turib, ko'cha-hovlilarimizni supurib-sidirish,
yon-atrofga suv sepish, turli gullar ekish qaysi xonadonga chiroy bag'ishlamaydi, deysiz.
Bu borada xonadon sohiblariga maslahatlar berish, yo'l-yo'riq ko'rsatish, yaratuvchanlik g'oyalariga undash, biz – mahalla faollari, ko'pni ko'rgan, nuroniy oqsoqollarning eng muhim vazifamizdir.
Unutmasligimiz lozimki, obodlik bor joyda qut-baraka, doimiy rivojlanish va kelajakka ishonch ruhi bo'ladi.
Qadrli yurtdoshlar!
Hozirgi sinovli davr barchamizdan qiyinchiliklarni mardona va jasorat bilan engib o'tishni talab qilmoqda. Bu ko'p jihatdan xalqimizning yanada jipslashtirib, ahil va birdam bo'lib harakat qilishga undamoqda.
SHu ma'noda, karantin qoidalariga qat'iy rioya etgan holda mahallalardagi har bir ko'chani obodonlashtirish, xonadon
va tomorqa madaniyatini rivojlantirish, oilalarni mustahkamlash, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularni o'z Vataniga muhabbat
va sadoqat ruhida tarbiyalash tadbirlarida barcha yurtdoshlarimizning faol ishtirok etishi har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqimizda “bir kun ko'ngilsizlik bo'lgan xonadondan qirq kun xayru baraka ariydi” degan purma'no hikmat bor.
Binobarin, ota-bobolarimizdan bizga meros bo'lib kelayotgan azaliy urf-odatlar, o'lmas qadriyat va an'analar, oilaning har bir a'zosi bajarishi lozim bo'lgan muqaddas burch, ayniqsa, katta hayot ostonasida turgan yoshlarimizga ibratli tushuntirish ishlari, o'ylaymizki, oilalarni, butun jamiyatimizni yanada mustahkamlaydi.
Aziz otaxon va onaxonlar!
O'z mahalladoshlarimizga namunaviy xonadon, namunaviy ko'cha qanday bo'lishi kerakligi haqida imkon qadar ko'proq va kengroq ma'lumot beraylik! Bu yo'lda avvalo, o'z xonadonlarimizni obod qilish borasida olib borayotgan amaliy ishlarimiz, ibratli tashabbuslarimiz, chinakam jonkuyarligimiz bilan namuna bo'laylik!
O'z hududimizdagi har bir oilada maishiy madaniyatni, xonadonlarimizni obod hamda ko'rkam qilish bo'yicha amalga oshiriladigan tadbirlarni, shu jumladan yordamchi xo'jalik binolarini qurish, ta'mirlash, saqlash qoidalarini, tomorqa madaniyatini rivojlantirish kabi ezgu ishlarni keng targ'ib etaylik!
eng muhimi, mavjud imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalangan holda, turmush darajamizni yangi bosqichga ko'taraylik!
Aziz hamyurtlar!
Osmoni musaffo, jonajon O'zbekistonimizga faqat va faqat obod maskanlar – ko'rkam va go'zal ko'chalar, fayzli xonadonlar,
dilga quvonch bag'ishlovchi obod mahallalar yarashadi.
O'tkazilishi rejalashtirilayotgan mazkur ishlarga, ayniqsa mahallamizdagi ehtiyojmand va kambag'al oilalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga bor kuch-g'ayratimizni safarbar qilaylik,
ulug' tashabbusga munosib hissa qo'shaylik!
Ushbu uch oylik harakatimiz xayrli va savobli ishlarimizning bardavomligiga, yoshlarimizning ma'naviyati
va tarbiyasi yanada yuksak bo'lishiga, milliy qadriyatlarimiz rivojiga, xalqimiz orasida hamjihatlik tuyg'ulari mustahkamlanishiga poydevor bo'lib xizmat qilsin!