Joriy yilning 3-iyul kuni soat 00:01 dan Qoraqalpogʻiston Respublikasida favqulodda holat rejimi oʻranatildi, favqulodda holat davrida soat 21:00 dan 07:00 ga qadar komendantlik soati joriy etilib, ushbu davrda vaqtinchalik cheklovlar kiritildi.
1. 1-2-iyul kunlari tartibsizliklarda qatnashgani uchun voqea joylarda ushlangan 516 nafar fuqaro IIBga topshirildi, ular bilan surishtiruv ishlari olib borilyapti, surishtiruv natijasiga koʻra ayrimlari maʼmuriy chora qoʻllanilgandan soʻng qoʻyib yuborilyapti.
Shuningdek, Farmon bilan favqulodda holat elon qilingandan soʻng, 3-iyuldan 4-iyulga oʻtar kechasi komendantlik tartibini buzgani uchun 110 nafar fuqaro koʻchalarda bemaqsad yurgani uchun ushlanib, ichki ishlar idoralariga topshirilgan. 12 ta avtotransport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.
Xususan, Nukus shahrida patrullik xizmati davomida komendantlik soatiga rioya qilmagan 58 nafar shaxs ushlangan. Shundan, 28 nafar shaxsga nisbatan MJtKning 204-moddasi (favqulodda xolat tartibining talablarini buzish) boʻyicha maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Qolganlar bilan prrofilaktika suhbatlar oʻtkazilib, soat 7:00 dan keyin qoʻyib yuborilgan.
2. 1-2-iyul kunlari ommaviy tartibsizliklar natijasida 243 nafar fuqaro turli jarohatlar bilan shifoxonalarga murojaat qilgan, ularning 149 nafariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, muolajalarni uyida davom ettirishga ruxsat berilgan. Hozirda kasalxonalarda jami 94 nafar bemor davolanmoqda va ogʻir ahvolda boʻlganlari bor, shu jumladan jarohatlanganlar orasida huquq-tartibot idoralari xodimlari ham bor. Masalan, Milliy gvardiya Qoraqolpogʻiston Respublikasi boʻyicha Qoʻriqlash boshqarmasi safdori koʻkrak kismidan oʻq otar jarohat olgan, shu boshqarma yana bir safdori chap oyoq boldiri suyagi yopiq sinishi, 1 nafari Jizzax Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchisi bosh miya ochiq jarohati hamda Toshkent shahri Milliy gvardiya boshqarmasi serjanti bosh miya ochiq jarohati bilan davolanishyapti.
3. Respublikadagi barcha oziq-ovqat doʻkonlari, bozorlar, non chiqaruvchi korxonalar, birja savdolari, banklar va bankomatlar, shifoxona va boshqa ijtimoiy soha obyektlari faoliyati toʻliq olib borilyapti.
6. Aholiga elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bir maromda yetkazib berilmoqda.
Shu bilan birga tushuntirib oʻtmoqchimiz, oilalarda oʻtkaziladigan marosimlar, misol uchun, mahallalarda tashkillashtirilayotgan sport musobaqalari, vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar, nuroniy yoki yeshlar bilan uchrashuvlarni oʻtkazishga joylardagi mahalla raislari, mahalliy hokimiyat idoralarining soʻrovi asosida komendant ruxsati bilan 21:00 ga qadar oʻtkazilishi mumkin.
Eslatamiz, Xudud komendantining buyrugʻi bilan tuman-shaharlarda komendant vazifalarni bajarish Ichki ishlar idoralar boshliqlariga yuklatilgan, ular xususan ruxsatnomalarni ham berish vakolatiga ega.
Yana bir bor eslatmoqchimiz, zarur savollar boʻyicha komendaturada 1215 qisqa raqam tashkil qilingan, favkulodda holat yeki komendatlik soati tartiblari boʻyicha fuqarolarning savollariga javob beriladi.
Farmon talablariga toʻliq va soʻzsiz rioya qilish va komendatlik soatiga amal qilishni iltimos qilamiz.
Feyk va yolgʻon xabarlarga ishonmang.