Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “T.N.B.” MCHJning Qoʻngʻirot filiali sex mudiri Z.M. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, oʻzining moddiy javobgarligida boʻlgan 2 222 litr dizel yoqilgʻisini hech qanday hujjatsiz filialga tegishli yoqilgʻi tashuvchi avtomashinasida “K.Sh.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasiga oʻtkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanib, 2 222 litr dizel yoqilgʻisi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.