Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2024-yil 18-oktyabr kuni soat 07:51 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish markazi Qoraqalpogʻiston filiali shifokori K.Yerejepova IIBga Nukus shahri 23 kichik tumani 3/6-uyning 33-xonadonida yashagan 25 yoshli A.Ya., uning 23 yoshli xotini M.Ya va ularnikiga mehmonga kelgan 27 yoshli A.T is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar qilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida A.Ya, M.Ya. va A.T uyning isitish qozonxonasi moʻrisidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgani aniqlangan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Ayni paytda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.