Tadbir davomida tuman hududida avtotransport vositasida harakatlanayotgan fuqaroda ikki dona qog‘oz o‘ramga joylashtirilgan, o‘ziga xos o‘tkir hidli, quritilgan yaproqsimon modda aniqlandi.
Mazkur moddaning o‘ramlari bilan birgalikdagi og‘irligi 3,37 grammni tashkil etdi.
Shuningdek, Nukus shahri hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida esa “Taxiatosh – Nukus” yo‘nalishida harakatlangan transport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida yo‘lovchining transport vositasidan jami 10,57 gramm "marixuana" giyohvand moddasi topildi va tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.