Uchrashuvda Sovon universiteti rektori Son Sok Min, rektor oʻrinbosari Chon Xing Su va boshqalar ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar davomida mazkur universitetning Qoraqalpogʻistonda qishloq xoʻjaligi boʻyicha filialini tashkil etish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Yarim asrlikdan ortiq tarixga ega boʻlgan Sovon universiteti Janubiy Koreya oliy taʼlim muassasalari orasida yuqori oʻrinlarda qayd etiladi.
Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi va axborot texnologiyalarini birlashtirish orqali “Aqlli ferma” yoʻnalishida fakultet tashkil etish katta qiziqishga uygʻotayotgani qayd etildi.
— Universitetimiz Vyetnam, Kombodja kabi davlatlarda taʼlim boʻyicha turli aksiyalarda ishtirok etib kelmoqda, — dedi universitet rektori Son Sok Min. — Talabalarning chet el taʼlimiga boʻlgan qiziqishi juda yuqori. Shu sababli Oʻzbekiston bilan almashuv dasturlari doirasida hamkorlik qilish biz uchun muhim imkoniyatdir.
Janubiy Koreya - Oʻzbekiston biznes assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Kim Chang Gon qishloq xoʻjaligi, axborot texnologiyalari, maktabgacha taʼlim, koreys tili yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan unversitet filialini tashkil etish orqali mamlakatning ilgʻor taʼlim tizimi va mukammal nou-xau loyihalarini ilgari surish ahamiyati haqida soʻz yuritdi.
Muhokama yakunida tomonlar Oʻzbekistonning Seuldagi elchixonasi va respublikaning mutasaddi idoralari vakillari ishtirokida videokonferensiya oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishdi. Unda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni oʻz ichiga oladigan anglashuv memorandumini imzolash, loyihani hayotga izchil tadbiq etishga oid masalalar muhokama qilinishi rejalashtirildi.