Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Shu yilning 14-15-sentyabr kunlari Qoraqalpogʻistondagi noyob tabiiy maskan – “Borsa kelmas” hududida “Sayyoramiz kelajagiga qoʻshgan hissamiz” Xalqaro ekomarafoni boʻlib oʻtadi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda “ProRun” yugurish maktabi hamkorligida tashkil etiladigan marafonda 20 ta davlatdan 500 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Ular orasida professional sportchilar bilan bir qatorda diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekologiya faollari ham qatnashadi.